"Real" bosh murabbiyni almashtirish ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda va Massimiliano Allegri hamda Maurisio Pocchettino nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, jamoaning hozirgi ustoz Alvaro Arbeloaning kelajagi noaniq bo'lib qolmoqda. Bunga Chempionlar Ligasidan chiqib ketish va Ispaniya chempionatida deyarli chempionlik kurashini boy berish sabab bo'lgan.
Shu sababli, murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lgan taqdirda, "Real" allaqachon ehtimoliy nomzodlarni belgilab qo'ygan. Asosiy variantlar qatorida "Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va hozirda AQSh milliy jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pocchettino bor.
Avvalroq "Real" Arbeloa o'rniga to'rt nafar mutaxassis nomzodini ko'rib chiqayotgani ma'lum qilingandi.