«Real» Alvaro Arbeloa o'rniga yangi bosh murabbiy izlashni boshladi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Madrid klubi to'rt nafar mutaxassis nomzodini ko'rib chiqmoqda. Jamoa rahbariyati Yurgen Klopp nomzodini yuqori baholamoqda, ammo hozircha tomonlar o'rtasida hech qanday aloqa bo'lmagan.
Shuningdek, prezident Florentino Peres Zinedin Zidanni ham qadrlaydi. Biroq u Fransiya milliy jamoasini boshqarishga moyil.
Bundan tashqari, «Real» AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino va 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Fransiya milliy jamoasini tark etishi kutilayotgan Didye Desham nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, Arbeloa «Real» bosh murabbiyi sifatida 2026 yil yanvar oyida tanishtirilgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.