Madridning "Real" klubi Alvaro Arbeloani bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.
Klub biroz avvalroq Xabi Alonsoni iste'foga chiqarganini e'lon qilgandi.
Qayd etish joizki, Arbeloa bunga qadar "Real Kastiliya"ni boshqarib kelayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, "qirollik" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga (2:3) mag'lub bo'lgandi.
Ma'lumot uchun, "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 19 ta o'yindan keyin 45 ochko to'plab, 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Barselona" esa jamoadan 4 ochkoga oldinda bormoqda.