Live
1
O'zbek

Alfonso Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin

Futbol
14 mart, 09:32
Kanadalik jarohatlardan charchagan.
Alfonso Devis 25 yoshida faoliyatini yakunlashi mumkin
Foto: Getty Images

«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis UYEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Atalanta»ga qarshi o‘yinda (6:1) jarohat oldi.

Futbolchi sonning orqa yuzasi mushagining yorilishi tashxisi qo‘yilgan.

TopSkills Sports UK xabariga ko‘ra, kanadalik muntazam jarohatlar tufayli faoliyatini yakunlash haqida jiddiy ravishda o‘ylab ko‘rmoqda. Myunxen klubi futbolchi bunday qaror qabul qilmasligi tarafdori va Devisga ishonadi.

2020 yildan buyon Devis juda ko‘p jarohat oldi. Agarda professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, «Bavariya» Alfonsoga klubda lavozim taklif qilishga ham tayyor.

Bugungi yangiliklar