O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning «Persepolis» klubi safida o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida het-trik qayd etdi.
«Persepolis» «Kia» jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Sergeyevdan tashqari Muhammadrizo Mirshafiyon, Amirhusayn Mahmudiy, Muhammadhusayn Sodiqiy va Yosin Salmoniy ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Eron chempionatining 13-turi doirasida «Paykon»ga qarshi bahsda (3:0) asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar esa ushbu o‘rtoqlik bellashuvi oldidan tiklanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, «Kia» klubi Eron milliy jamoasi va Germaniyaning «Hamburg» klubi sobiq futbolchisi Mahdi Mahdavikiyaga tegishli.