Live
5
O'zbek

«Latsio» Kiezani o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor

Futbol
22 noyabr, 09:45
Futbolchi qishda jamoasini o‘zgartirmoqchi.
«Latsio» Kiezani o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor
Фото: Getty Images

«Latsio» qishki transfer oynasi oldidan tarkibni kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Football Italia nashri xabar berishicha, «bo‘rilar» «Liverpul» vingeri Federiko Kiezani o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu borada klub sport direktori Fabiani allaqachon italiyalik futbolchining vakillari bilan muzokaraga kirishgan.

Bu mavsumda Kieza mersisaydliklar safida umuman o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Andoni Iraola «qizillar» bosh murabbiyiga aylanganidan keyin Federikoga ishonch bildirmayapti.

Qishki transfer vaqtida Kiezaning A Seriyaga qaytish ehtimoli yuqori. «Latsio» hozirda futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda. Biroq futbolchi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Es latib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi «Latsio» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar