Live
1
O'zbek

Mareska: «Barselona»ga qarshi bahs ikkala jamoa uchun ham qiyin kechadi»

Futbol
25 noyabr, 00:30
«Manchester Siti» bosh murabbiyi dekabr oyida «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan bahs haqida fikr bildirdi.
Mareska: «Barselona»ga qarshi bahs ikkala jamoa uchun ham qiyin kechadi»
Foto: Getty Images
08.12.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Barselona Barselona - : - Manchester Siti Manchester Siti

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Napoli» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bahsdan keyin manchesterliklar bosh murabbiyi Enso Mareska musobaqadagi vaziyat va navbatdagi raqib haqida gapirdi.

«Ha, bizga qiyin bo‘ladi, ammo ularga ham oson bo‘lmaydi. Bu har ikki jamoa uchun murakkab bahs bo‘ladi. Chempionlar ligasida hamon to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilyapmiz. Hisobimizda 10 ochko bor. Ushbu musobaqa qanchalik qiyin ekanini bilamiz, buni boshqa bahslar natijalarida ham ko‘rish mumkin. Bugun g‘alaba qozona olmadik, ammo mag‘lub ham bo‘lmadik va bir ochkoga ega chiqdik», — deya Mareskaning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.

Ma'lumot uchun, «Napoli» bilan durangdan so‘ng «Manchester Siti» 10 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» 6-tur doirasida 8 dekabr kuni safarda «Barselona»ga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 1:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar