Live
3
O'zbek

Mayya Xvalinska — Uhandagi musobaqa g‘olibasi

Tennis
18 oktabr, 13:31
Bugun, 18-oktyabr kuni Xitoyda tashkillashtirilgan musobaqa final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mayya Xvalinska — Uhandagi musobaqa g‘olibasi
Foto: Gettyimages

Bugun, 18-oktyabr kuni Xitoyning Uhan shahrida WTA-1000 toifasidagi turnirning hal qiluvchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda «Rolan Garros-2026» finalchisi, dunyoning 22-raketkasi polshalik tennischi Mayya Xvalinska dunyoning 170-raketkasi, Buyuk Britaniya vakilasi hisoblangan Sonay Kartalni 2:6, 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

2 soat 44 daqiqa davom etgan bahsda Hvalinska bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi, birorta ham eys amalga oshira olmadi, shuningdek, 16 ta breyk-poyntdan 6 tasidangina unumli foydalandi. Sonay Kartal ham birorta eys amalga oshira olmadi, bitta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va 13 ta breyk-poyntdan 5 tasidan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, bu Xvalinska uchun faoliyatidagi birinchi WTA chempionligi sifatida tarixga kiradi.

Bugungi yangiliklar