Ozarbayjonlik hujumchi Ramin Ahmadov faoliyatini O‘zbekiston Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda azerisport portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ahmadov xizmatiga «Dinamo» va «Lokomotiv» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Biroq bu jamoalardan birortasi u bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, Ramin 2026 yilgi mavsumni Qirg‘izistonning «O‘zgen» jamoasida o‘tkazdi. Bu klub safida chempionat doirasida 14 ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy oldi. Uning jamoasi «O‘zgen» esa chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bu klubda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Izzat Abdullayev ham to‘p tepdi.
Qayd etilishicha, ozarbayjonlik futbolchining faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi qishki transferlar davrida ma’lum bo‘lishi kutilmoqda.