«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn fransiyalik jamoadoshi Maykl Oliseda «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish uchun barcha zarur sifatlar bor deb hisoblaydi.
Angliyalik 33 yoshli futbolchi ayni vaqtda ushbu sovrinning amaldagi sohibi hisoblanadi.
— Siz 45 yildan ortiq vaqt ichida «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritgan ilk «Bavariya» futbolchisi boʻldingiz. Maykl Olise kabi futbolchi sizning munosib davomchingiz, yaʼni Myunxen klubida navbatdagi «Oltin toʻp» sohibi boʻlishi mumkinmi?
— Maykl — ajoyib futbolchi. Har kuni mashgʻulotlarda uning iqtidori va maydonda nimalarga qodir ekanini koʻrib turibmiz. Uning Myunxenga yana bir «Oltin toʻp»ni olib kelish uchun barcha zarur sifatlarga ega ekaniga shubha yoʻq, — deya Keynning soʻzlarini keltiradi Footmercato.
24 yoshli Olise bu mavsumda Bundesligada 9 oʻyinda 6 ta gol va 3 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Keyn: «Olise Myunxenga yana bir «Oltin toʻp» olib kelish uchun barcha zarur sifatlarga ega»
Futbol
19 noyabr, 23:08
«Bavariya» hujumchisi jamoadoshini eʼtirof etdi.
Foto: Getty Images