Live
3
O'zbek

Kompani Diasning «Kyoln»ga qarshi bahsda maydonga tushish-tushmasligiga oydinlik kiritdi

Futbol
19 noyabr, 06:20
«Bavariya» bosh murabbiyi kolumbiyalik vingerning qaytishi uchun yana biroz vaqt kerakligini aytdi.
Kompani Diasning «Kyoln»ga qarshi bahsda maydonga tushish-tushmasligiga oydinlik kiritdi
Foto: Getty Images
75’ Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 1 : 1 Kyoln Kyoln

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa vingeri Luis Diasning jismoniy holati va maydonga qaytish muddatiga izoh berdi.

«Diasda hammasi yaxshi. U ushbu haftani yaxshi o‘tkazdi. Ertaga maydonga tushadi, deb o‘ylamayman. Hali bunga erta. Ammo keyingi yetti kun ichida uning xizmatlaridan foydalanishimiz mumkin», — deya Kompani so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda qatnashib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 20 noyabr kuni Bundesliganing 10-turi doirasida o‘z maydonida «Kyoln»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Kompani Diasning keyingi yetti kun ichida maydonga qaytishiga umid qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar