Vensan Kompani ushbu hafta oxirida «Bavariya» bosh murabbiyi sifatida jamoa zaxira o‘rindig‘ida bo‘ladi.
Jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, myunxenliklar belgiyalik mutaxassisning qaytishini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 20 noyabrdan 21 noyabrga o'tar kechasi soat 00:30 da navbatdagi bahsini «Kyoln»ga qarshi o'z uyida o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, Myunhen klubi Bundesliga turnir jadvalida 9-turidan so'ng 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi