«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinioning La Liga doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda qaysi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirishi taxmin qilindi. Bu haqda Diario AS xabar berdi.
Unga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Vinisius Juniorning hozirgi formasi u qadar yaxshi bo‘lmasa-da, unga yana asosiy tarkibdan joy beradi. Yan Diomande esa o‘yinni zaxirada boshlashi kutilmoqda.
Madridliklarning taxminiy tarkibi quyidagicha: Kurtua; Aleksander-Arnold, Konate, Ryudiger, Kukurelya; Chuameni, Bernardo Silva; Gyuler, Bellinghem, Vinisius; Mbappe.
Ma’lumot o‘rnida, uchrashuv 10-oktabrdan 11-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Ayni vaqtda «Real» yetti turdan so‘ng 15 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida bormoqda. «Vilyarreal» esa 8 ochko to‘plagan holda to‘qqizinchi o‘rinni band etib turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi