Live
10
O'zbek

«Real» himoyachisi Mendi besh oydan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi

Futbol
10 oktabr, 06:15
Fransiyalik futbolchi may oyida olgan jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda.
«Real» himoyachisi Mendi besh oydan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi qariyb besh oylik tanaffusdan so‘ng futbol maydonida mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining tiklanish jarayoni taxminan besh oy davom etdi. Mendi so‘nggi bor 3 may kuni La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi bahsda maydonga tushgan va o‘ng sonidagi payni shikastlab olgan. Jarohatidan bir hafta o‘tib, fransiyalik himoyachi operatsiya qilingan.

Shunga qaramay, Mendi hozircha rasmiy o‘yinlarda qatnashishga tayyor emas. «Real»ning o‘yinlar uchun qaydnomasiga qaytishi uchun u avvalo jismoniy holatini tiklashi va klub shifokorlaridan yakuniy ruxsat olishi kerak.

Ma’lumot uchun, Mendining mashg‘ulotlarga qaytishi uning uzoq davom etgan tiklanish jarayonidagi muhim bosqich hisoblanadi. Biroq futbolchining rasmiy bahslarda qachon maydonga tushishi hozircha ma’lum emas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar