Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Real» rahbariyati «Bavariya» vingeri Maykl Olise jamoada qoladi va Madrid klubiga o‘tmaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Myunxen klubi hujum chizig‘ining yetakchilaridan biri bilan yangi shartnoma imzolash uchun katta moliyaviy xarajatlarga tayyor. «Bavariya» futbolchiga yuqori maosh va bonuslar taklif qilmoqchi.
Biroq hozirgi muzokaralarda Olise va uning vakillari uchun muhim shartlardan biri yangi bitimga belgilangan tovon puli miqdorini kiritish bo‘lib qolmoqda. Bu band futbolchining kelajakda boshqa klubga o‘tishi uchun shartnomada oldindan aniq summa belgilanishini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, Olisening kelajagi atrofidagi vaziyat «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi transfer mish-mishlari fonida muhokama qilinmoqda.