FIFA kunlari munosabati bilan OKMK navbatdagi nazorat o‘yinida «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushdi. Unda olmaliqliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Mirjalol Qosimov shogirdlari safida Ivan Pesich dublni rasmiylashtirdi. Faridjon Abdullayev va Siavash Haqnazari ham bittadan gol urdi.
Olmaliq klubi matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, uchrashuv 35 daqiqadan iborat to‘rtta taym formatida tashkil etildi va yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
OKMK — So‘g‘diyona 4:2
Gollar: Faridjon Abdullayev, Siavash Haqnazari, Ivan Pesich (dubl) — Oybek Nurmatov, Zenan Zaymovich
Birinchi o‘yin tarkibi: 1.Muhammad Ubaydullaev, 13.Eldorbek Begimov, 32.Sardorbek To‘laganmirzaev, 15.Asrorbek Otaxonov, 22.Saidafzalkhon Ahrorov, 30.Abror Sarimsoqov, 26.Faridjon Abdullayev, 21.Hazratjon Tursunqulov, 4.Mirjamol Qosimov, 27. Urosh Koyich, 11. Ali Abdurahmonov
Ikkinchi o‘yin tarkibi: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 44.Abror Karimov, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 5.Giorgi Papava, 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 28.Arihiro Sentoku, 88.Siavash Haqnazari, 10.Asadbek Sobirjonov, 77.Ivan Pesich