Klub muxlislari Kerrik jamoaga barqaror o‘yin uslubini singdira olmayotganini ta’kidlamoqda. Qayd etilishicha, ingliz mutaxassisi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida erishilgan natijalarga qaramay, jamoa o‘yinini kerakli darajaga olib chiqa olmagan.
Shu sababli muxlislar sobiq bosh murabbiy Ruben Amorimni sog‘ina boshlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik mutaxassisni «Manchester Yunayted»ga qaytarishni talab qiluvchi xeshteg ham ommalashgan. Derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, ushbu xeshteg 125 ming martadan ortiq ishlatilgan.
Amorim «Manchester Yunayted»ni 2024-yil kuzidan 2026-yil yanvarigacha boshqargan. Portugaliyalik mutaxassis hozirda Italiyaning «Milan» klubida faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida jamoani ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida boshqarmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi