Live
1
O'zbek

«Al Vahda» bosh murabbiyi: «Nasaf»ning boshqacha taktik sxemani tanlashi biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi»

Futbol
15 oktabr, 04:53
«Al Vahda» ustozi «Nasaf»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Al Vahda» bosh murabbiyi: «Nasaf»ning boshqacha taktik sxemani tanlashi biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi»
Фото: Tribuna.uz
14.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 1 : 2 Al-Wahda Al-Wahda

Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasi doirasida ikkinchi tur uchrashuvi — «Nasaf» va «Al Vahda» (1:2) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Raymundo Chamuska va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Fakundo Daniel ishtirok etishdi.

«Al Vahda» bosh murabbiyi: Ha, bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvdan oldin raqibga hurmat bilan yondashdik. Biz raqibni yaxshi bilardik va bir hafta davomida uning o‘yinini tahlil qildik.

O‘yinni ustunlik bilan boshlagan bo‘lsak-da, ikkinchi bo‘limda ushbu uch ochkoni saqlab qolish oson bo‘lmadi. Ammo futbolchilarimizning ruhiyati, jamoamizning va futbolchilarimizning tezligi uch ochkoni qo‘lga kiritishimizda muhim rol o‘ynadi. Jamoamizning bugungi o‘yinidan juda xursandman. Biz maqsadimizga erishdik.

- Fakundo, sizga savol: bugungi o‘z o‘yiningiz va jamoa harakatlari haqida nima deya olasiz?

Fakundo Daniel: Albatta, juda xursandman. Eng avvalo, jamoamiz uchun xursandman. Chunki uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Kuchli jamoaga, mahoratli futbolchilarga va kuchli murabbiyga qarshi uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan mamnunmiz. Bugun jamoamiz juda yaxshi o‘ynadi. Kuchli raqibga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan baxtiyormiz.

- «Al Vahda»ning guruhdagi maqsadi qanday?
«Al Vahda» bosh murabbiyi: Dastlab guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishimiz kerak. Keyin esa finalga chiqishni maqsad qilganmiz. Biz finalga yo‘l olishimiz kerak va asosiy niyatimiz — musobaqa g‘olibligi uchun kurashish.
O‘zim haqimda ham bir narsani aytib o‘tmoqchiman. Avvalgi mavsumlarda Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasida ishtirok etish huquqini ikki marta qo‘lga kiritganman. Lekin keyingi mavsumlarda boshqa jamoalarda ishlaganim sababli ushbu musobaqada ishtirok eta olmaganman. Endi esa yana bu musobaqada qatnashish imkoniyatiga egaman.

Bu men uchun ushbu musobaqadagi birinchi ishtirok emas. Shuning uchun yanada uzoqroqqa borishga harakat qilamiz.

- Futbolchiga savolim bor edi. Jamoada yuqori mahoratga ega futbolchilar jamlangan bo‘lsa-da, ular o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish eta olishmayaptimi? Menimcha, bugun bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish mumkin edi.

Fakundo Daniel: Ha, jamoamizda individual mahoratga ega futbolchilar ko‘p. Mening fikrimcha, jamoa yanada yaxshiroq o‘ynashi mumkin. Buning uchun doimo mehnat qilishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz kerak.

- Jamoa ko‘proq himoyaviy o‘yin namoyish qildimi yoki shunga majbur bo‘ldimi?

«Al Vahda» bosh murabbiyi: Rostini aytsam, o‘yin boshida raqibning kuchli pressinggi bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Ular yuqorida bosim o‘tkazib, jamoamizni murakkab vaziyatga solib qo‘yishdi. Biroq 15 daqiqadan keyin futbolchilarim o‘yinni nazorat qila boshlashdi. To‘pni ushlab turishga, o‘z uslubimizda o‘ynashga va yaxshi kombinatsiyalar tashkil etishga erishdik.
Ammo ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismida yana bitta himoyachini maydonga tushirishimga to‘g‘ri keldi. Chunki «Nasaf» zarba berish mahorati yuqori bo‘lgan ko‘plab futbolchilarga ega jamoa. Bu oddiy holat emas. Ular qanotlardan oldinga o‘tishganda, jarima maydoni oldida ko‘plab futbolchilar to‘planishadi va zarba berish uchun qulay vaziyat yaratishadi. Bunday paytda ular juda xavfli.
Shuning uchun himoyani mustahkamlashim kerak edi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida ba’zan 5-4-1 taktik sxemasidan foydalanaman. Buni asosan uchrashuv yakunida natijani saqlab qolish uchun qo‘llayman.

- «Nasaf»dan natija olish uchun himoyaviy o‘yin ko‘rsatish osonroqmi yoki hujumkor futbol orqali uch ochkoni qo‘lga kiritishmi?

«Al Vahda» bosh murabbiyi: Aslida, biz doimo hujumkor o‘yinga tayanamiz. Taktikamiz ham ko‘proq hujum qilishga qaratilgan. Lekin bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz raqibning qanday taktika tanlashini boshqacha tasavvur qilgandik. «Nasaf» besh nafar himoyachi bilan o‘ynaydi, deb kutgandik. Ammo bugun ular to‘rt nafar himoyachi bilan harakat qilishdi va ko‘proq oldinga intilishdi. Bu esa bizga qiyinchilik tug‘dirdi.

Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. «Nasaf» bugun boshqacha taktik sxema tanlashi biz uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Biz ulardan boshqa taktik yondashuvni kutgandik.

Umuman olganda, agar himoya, yarim himoya va hujum o‘rtasidagi muvozanatni saqlay olsak, har qanday jamoaga, jumladan, «Nasaf»ga qarshi ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin», - deya «Al Vahda» bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Al-Wahda Al-Wahda
  • Osiyo Chempionlar Ligasi 2 Osiyo Chempionlar Ligasi 2
Bugungi yangiliklar