Superliganing 24-turidan o‘rin olgan «Andijon» va «Qizilqum» (0:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Avvalo, bugungi o‘yin haqida nima deyish mumkin? Biz uchrashuv juda qiyin kechishini bilgandik. Ayniqsa, 12-o‘yinchisi — minglab muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi ostida har qanday jamoa oldinga intiladi. Bunday muhitda o‘ynash istalgan jamoaga qiyin. Biz bunga tayyorgarlik ko‘rgandik.
Bugun g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Futbolchilarga maydondagi fidoyiligi uchun rahmat aytmoqchiman. Ular o‘zlaridan talab qilingan vazifani bajarishdi.
Ming kilometrdan ortiq masofani bosib kelgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman. «Andijon» jamoasiga esa keyingi o‘yinlarda omad tilayman.
— Jamshid aka, Samandar Shukrullayevning maydonga tushirilishi, ya’ni, besh nafar himoyachi bilan o‘ynashingiz hisobni saqlab qolish uchun qilingan o‘zgarishmidi?
- Ha. O‘zingiz ko‘rdingiz, futbolchilarimiz biroz charchab qolishdi, «Andijon» esa bosimni kuchaytira boshladi. Shuning uchun himoyada besh nafar futbolchi bilan o‘ynashga o‘tdik.
— Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytira olishdi? Masalan, andijonlik yarim himoyachi...
- Bizning zaxiradan tushgan futbolchimiz ham maydonga yaxshi kirishdi. Unga hujumdan ko‘ra ko‘proq himoyada harakat qilish vazifasi yuklatilgan edi. Shu sababli bu o‘zgarishni amalga oshirdik. Menimcha, u yomon o‘ynamadi, muvaffaqiyatli harakat qildi», - deya Saidovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Jamshid Saidov: «Bunday muhitda o‘ynash istalgan jamoaga qiyin»
Eksklyuziv
15 oktabr, 15:54
Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.
Фото: Tribuna.uz
15.10.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Andijon
0
:
1
Qizilqum