Bugun
17
O'zbek

Ever Banega 38 yoshida faoliyatini yakunladi

Futbol
19 noyabr, 12:40
    8
«Messi «Inter Mayami»ga taklif qilsa ham, qarorimni o‘zgartirmayman», deydi futbolchi.
Ever Banega 38 yoshida faoliyatini yakunladi
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi va «Sevilya» klubining sobiq yarimhimoyachisi Ever Banega 38 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Faoliyatimni yakunlayotganim 100 foiz aniq. Hatto Messi meni «Inter Mayami»ga taklif qilsa ham, unga «yo‘q» deb javob bergan bo‘lardim.

Endi futbol uchun yoshim o‘tib qoldi. Ko‘plab klublarda o‘ynayotgan istiqbolli futbolchilarning o‘rnini egallashni istamayman»,
— deya Baneganing so‘zlarini keltiradi ESPN.

Argentinalik futbolchi faoliyati davomida «Sevilya», «Valensiya», «Ash Shabob», «Nyells Old Boyz», «Boka Xuniors», «Inter» va «Atletiko» klublari safida to‘p tepgan.

Banega «Sevilya» bilan uch marta Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan. «Boka Xuniors» safida esa 2007-yilda Libertadores kubogini qo‘lga kiritgan.

Yarimhimoyachi Argentina milliy jamoasi safida 65 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 8 ta golga assistentlik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sevilya Sevilya
  • Valensia Valensia
  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar