Bugun
17
O'zbek

Chuameni: «Birgalikda yana ko‘plab yangi sahifalarni yozamiz»

Futbol
19 noyabr, 12:17
    1
«Real» bilan shartnomasini uzaytirgan yarimhimoyachi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Chuameni: «Birgalikda yana ko‘plab yangi sahifalarni yozamiz»
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Orelien Chuameni klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik futbolchi madridliklar bilan yangi kelishuvni 2032 yil 30 iyunga qadar imzoladi. U 2022 yil yozidan buyon “qaymoqranglilar” safida oʻynab kelmoqda. U klub safida 205 ta bahsda maydonga tushgan va 8 ta sovrin, xususan, YCHL va La Liga gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

«Real» sharafini himoya qilish, madridliklar uchun
«Santyago Bernabeu»da va dunyoning istalgan nuqtasida to‘p tepish — bu katta imtiyoz.

Bu yo‘lni davom ettirish imkoniyati menda ta’riflab bo‘lmas his-tuyg‘ularni uyg‘otmoqda. Ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun barchaga rahmat! So‘nggi yillarda birgalikda boshdan kechirgan barcha ajoyib lahzalarni mehr bilan eslayman. Ammo, eng avvalo, bizni oldinda kutayotgan voqealar haqida o‘ylayapman. Chunki biz birgalikda hali ko‘plab yangi sahifalarni yozishimiz kerak 🤍»,
— deb yozdi Chuameni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar