Birinchi og‘ir vazn toifasida WBA va WBO kamarlari sohibi, mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan bokschi Devid Benavides (32-0, 25 KO) DAZN efirida hozirda vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli besh nafar bokschisi nomini aytdi.
Meksikalik chempionning fikricha, ayni paytda vazn toifasidan qat’i nazar dunyoning eng kuchli besh nafar bokschisi quyidagilar:
1. Devid Benavides
2. Aleksandr Usik
3. Terens Krouford
4. Naoya Inoue
5. Rayan Garsiya
Benavides so‘nggi jangini 2026-yil 2-may kuni hamyurti Xilberto Ramiresga qarshi o‘tkazdi. Ushbu jangda Benavides oltinchi raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi va raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi.
Benavides dunyoning eng kuchli 5 nafar bokschisini aytdi
Boks
19 noyabr, 13:04
WBA va WBO kamarlari sohibi ro‘yxatga o‘zini ham qo‘shdi.
Foto: Getty Images