Bugun
17
O'zbek

Bellinghem — «Real»da oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
19 noyabr, 13:26
23 yoshli futbolchi o‘tgan oyda 5 ta o‘yinda 1 ta golga assistentlik qildi.
Bellinghem — «Real»da oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem klubida oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi X sahifasida xabar berdi.

O‘tgan oyda 23 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Angliyalik futbolchi 2023-yil yozidan buyon «Real» safida o‘ynab kelmoqda. U shu vaqt ichida barcha musobaqalarda 156 ta o‘yin o‘tkazib, 51 ta gol urdi va 37 ta golga assistentlik qildi.

Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Judning qiymati 160 million yevroni tashkil etadi.

Jud Bellingham
Foto: Real Madrid

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar