Live
12
O'zbek

«MYU» futbolchilari Pochettinoning ilk mashg'ulotidan hayratda qolishdi

Futbol
22 noyabr, 03:40
«Liverpul» bilan bahsdan keyin jamoa mashg'ulotlarining davomiyligi va og'irligi yanada oshiriladi.
«MYU» futbolchilari Pochettinoning ilk mashg'ulotidan hayratda qolishdi
Foto: Manchester United

«Manchester Yunayted» futbolchilari jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qo'l ostidagi dastlabki mashg'ulotdayoq jiddiy o'zgarishlarga duch kelishdi.

The Sun nashrining xabar berishicha, argentinalik mutaxassisning ish uslubi futbolchilar uchun o'ziga xos «madaniy shok» bo'lgan.

Ma'lum qilinishicha, o'yinchilar mashg'ulotlar davomiyligi va jismoniy yuklamalar sezilarli darajada oshganini darhol payqashgan.

Pochettinoning mashg'ulotlari mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagani sababli iste'foga chiqarilgan Maykl Kerrik davridagi mashg'ulotlarga nisbatan ancha uzoq va jiddiy o'tmoqda.

Shu bilan birga, yangi murabbiy futbolchilarni asosiy ish jarayoni hali oldinda ekanidan ogohlantirgan.

Pochettinoning ta'kidlashicha, jamoadagi haqiqiy mashg'ulot jarayoni APLning 11-turidan o'rin olgan «Liverpul»ga qarshi uchrashuvdan keyingina boshlanadi.

Gap shundaki, argentinalik mutaxassisning «Manchester Yunayted»ga kelishi va uning bosh murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi orasida 4 kundan ham kam vaqt bor.

Shu sababli Pochettino hozircha futbolchilarga o'zining yuqori jismoniy tayyorgarlik talablarini to'liq tatbiq etishga ulgurmagan.

Qayd etilishicha, «Liverpul» bilan bahsdan keyin jamoa mashg'ulotlarining davomiyligi va og'irligi yanada oshiriladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar