Live
12
O'zbek

Fernandesh «MYU»dan ketishga tayyorligini ma’lum qildi

Futbol
22 noyabr, 04:00
Jamoa sardori klub rahbariyati endi unga ishonmasa, boshqa qaror qabul qilishga tayyor.
Fernandesh «MYU»dan ketishga tayyorligini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh jamoaning uzoq yillardan buyon Angliya chempionligini qo‘lga kirita olmayotgani sabab futbolchilarga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Shuningdek, portugaliyalik yarimhimoyachi klub rahbariyati uni jamoaga endi foyda keltira olmaydi deb hisoblasa, ketishga tayyorligini aytdi. Uning so‘zlarini Sky Sports keltirdi.

«Klub oxirgi marta chempionlikni juda-juda uzoq vaqt oldin qo‘lga kiritgan. O‘shanda hozirgi futbolchilardan birortasi ham bu yerda emasdi. Shuning uchun odamlar: «Bu futbolchilar chempion bo‘la olmaydi», deyishlari tabiiy. Hamma muammoga aylanadi, bu esa odatiy hol.

Bu yerda o‘z klublarida barcha sovrinlarni yutgan futbolchilar bilan birga o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. Xuan Mata futboldagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. David de Xea ushbu klub bilan sovrinlar yutgan. Pol Pogba hamma joyda g‘alaba qozongan. Nemanya Matich ham shunday. Hatto Zlatan Ibrahimovich ham. Ularning barchasi sovrinlar yutgan, ammo klubni yana cho‘qqiga olib chiqib, APL chempionligini qo‘lga kiritishning uddasidan chiqa olmagan.

Bu yerda turli klublarda chempionlikni qo‘lga kiritgan ko‘plab murabbiylar ishlagan, biroq ular ham «Yunayted»ga APL chempionligini qaytara olishmagan. Shu sababli futbolchilarga bosim haqidagi gaplar yildan yilga takrorlanadi, deb hisoblayman. Klubda eng uzoq vaqt qolgan futbolchilar boshqalarga qaraganda ko‘proq tanqidga uchraydi. Bu yerda uzoq vaqt faoliyat yuritishning o‘ziga xos tomoni shunday — biz boshqalarga qaraganda uzoqroq vaqt muammo sifatida ko‘rilamiz.

Men klubga shuni aytdim: agar rahbariyat «Yunayted»ni munosib o‘rniga qaytarishga yordam bera oladigan inson endi men emasman, deb hisoblasa, ketishga tayyorman. Chunki men ham sovrinlar yutishni istayman. APL va Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlayman. Buni hech qachon yashirmaganman. Bunga erisha olamanmi? Bilmayman. Ammo harakat qilishda davom etaman», — dedi Fernandesh.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» so‘nggi bor 2012/13-yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Jamoa ushbu mavsum APLning 10-turidan keyin 8 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog‘onasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar