«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Mourisio Pochettino 20-noyabr kuni jamoaning ikki futbolchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Indykaila News X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassis uchrashuv davomida futbolchilarga jamoada yangi vazifalar yuklagan. Qolgan o‘yinchilar esa bu o‘zgarishlar haqida 21-noyabr kuni kechqurun xabardor qilinadi.
Pochettino 13-noyabr kuni «MYU» bosh murabbiyi etib rasman tayinlangan. Argentinalik mutaxassis bilan 2029-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.
Ma’lumot uchun, Pochettino avval Angliyada «Sauthempton», «Tottenhem» va «Chelsi» klublarida ishlagan. Shuningdek, AQSH milliy jamoasini 2026-yilgi Jahon chempionatining nimchorakfinaliga olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» APLning dastlabki 10 turidan keyin 8 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog‘onasida bormoqda. Jamoa ushbu mavsumda hozirgacha atigi 1 ta g‘alabaga erishgan.