Live
6
O'zbek

«MYu» futbolchisi GTA 6 o‘ynagani uchun tanqid qilindi

Futbol
21 noyabr, 00:10
    7
«Uotford» sobiq hujumchisi va Talksport jurnalisti bu holatga keskin munosabat bildirdi.
«MYu» futbolchisi GTA 6 o‘ynagani uchun tanqid qilindi
Foto: Manchester United

«Uotford» sobiq hujumchisi Troy Dini «Manchester Yunayted» futbolchisi Brayan Mbeumoning GTA 6 o‘yini bilan bog‘liq xatti-harakatlarini tanqid qildi.

Avvalroq 27 yoshli kamerunlik futbolchi jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi ilk mashg‘ulot arafasida GTA 6 sabab kech uxlagani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mbeumo yarim tunda ijtimoiy tarmoqda o‘yinning yuklanish ekrani tasvirini e’lon qilib, unga «Tarixiy lahza» deb izoh qoldirgan. Biroq futbolchining qancha vaqt o‘yin o‘ynagani noma’lum. Talksport jurnalisti Aleks Kruk ham bu holatga keskin munosabat bildirdi.

«Uning yoshi nechada, 15 dami? Buni hammaga ko‘rsatishning nima keragi bor? Pochettino uni shunchaki tarkibga kiritmasligi kerak», — dedi jurnalist. Troy Dini ham uning fikriga qo‘shildi.

«Senga qo‘shilaman, Kruk. Bunday narsalarni ommaga ko‘rsatish mumkin emas. Sening onlayn o‘yin o‘ynayotganingni hech kim bilishi shart emas. Bu juda yomon signal beradi.

Agar men murabbiy yoki jamoa sardori bo‘lganimda, unga shunday derdim: «Qani, nimalarga qodirligingni ko‘rsat. Bugun seni rosa qiynaymiz.

Agar charchab qolsang yoki boldir mushagingni shikastlab olsang, bu haqda hammaga aytaman. Chunki bu yerda muayyan talablar bor, sen esa ularga javob bermayapsan».

Jamoada belgilangan standartlarga hamma rioya qilishi kerak», — dedi Dini Talksport efirida.

Shu tariqa, Mbeumoning oddiy ijtimoiy tarmoqdagi posti yangi murabbiy ish boshlayotgan bir paytda uning professional munosabati haqida bahslarga sabab bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar