Live
6
O'zbek

«MYU» bosh direktori INEOS va Gleyzerlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi

Futbol
21 noyabr, 04:40
Omar Berrada klub egalari o‘rtasidagi hamjihatlik va transfer siyosati haqida fikr bildirdi.
«MYU» bosh direktori INEOS va Gleyzerlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirdi
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh direktori Omar Berrada klub egalari — INEOS va Gleyzerlar oilasi o‘rtasidagi hamkorlik haqida fikr bildirdi.

«OAVda ko‘plab shov-shuvlar bo‘lmoqda, odamlar turli voqealar ortidan o‘z talqinlarini izlashadi. Ammo men ko‘rib turgan manzara — o‘z ishiga juda sodiq egalik guruhi.

Ular o‘rtasida doimiy muloqot bor, ba’zan har kuni gaplashamiz. Ularning qarashlari bir-biriga juda mos.

Biz qabul qilgan qarorlarning barchasi bo‘yicha ular yagona fikrda», — deya Berradaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Shuningdek, klub rahbari transfer siyosati va o‘zini oqlamagan xaridlar haqida ham gapirdi.

«Agar «Manchester Yunayted» uchun kutilgan natijani bermaydigan futbolchini sotib olsangiz, keyinchalik undan qutulish yoki uni biz istagan narxda sotish juda qiyin bo‘ladi. Bu esa klub rivojini ortga surishi mumkin», — dedi Berrada Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, APL 11-turi doirasida «MYU» safarda «Liverpul» mehmoni bo'ladi. O'yin 22-noyabr kuni soat 21:30 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar