«Real» va «Bavariya» jamoalarining sobiq himoyachisi David Alaba faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, avstriyalik 34 yoshli futbolchi «Udineze» jamoasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Ayni paytda jamoalar muzokaralarning so‘nggi bosqichini yakunlash arafasida.
Alaba yangi jamoasiga erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi. Futbolchining maoshi va qolgan tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq futbolchi faoliyatini Angliya yoki Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq futbolchining moliyaviy talablari sabab birorta kelishuv amalga oshmagandi.
David o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan. «Udineze» esa A Seriyaning ortda qolgan 5 ta turidan so‘ng 4 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.