Bugun
45
O'zbek

«Bavariya» Pikfordni Noyyerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

Futbol
29 sentabr, 13:40
Futbolchining «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Bavariya» Pikfordni Noyyerga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi «Everton» darvozaboni Jordan Pikfordni transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda GiveMeSport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «irislar» 32 yoshli kiperini faoliyatini yakunlashi kutilayotgan Manuel Noyyer o‘rniga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rmoqda. 40 yoshli kiper mavsum yakuniga yetganidan so‘ng qo‘lqoplarini mixga ilishi mumkinligi taxmin qilingandi.

Qayd etilishicha, «Bavariya»ning transfer maqsadlari ro‘yxatida Pikford «Brayton» darvozaboni Bart Verbruggen­dan yuqori o‘rinda turibdi.

Pikford bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 5 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Futbolchining «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pikfordning bozor qiymati 13 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar