Bugun
45
O'zbek

«Bavariya» Noyer o‘rniga Leno bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
29 sentabr, 12:09
Myunxen klubi yangi darvozabon izlamoqda.
«Bavariya» Noyer o‘rniga Leno bilan shartnoma imzolamoqchi
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi darvozabon Manuel Noyerga o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub uning o‘rniga «Fulhem» kiperi Bernd Lenoni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda

Manbaga ko‘ra, «Bavariya»ning hozirgi ikki darvozaboni — 40 yoshli Manuel Noyer va 38 yoshli Sven Ulrayx kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkin. Ularning klub bilan shartnomalari ham kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Agar bu holat yuz bersa, Myunxen klubining asosiy darvozaboni 23 yoshli Jonas Urbigning bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, aynan tajribasi Bernd Lenoni «Bavariya» uchun jozibador nomzodga aylantirgan. U Noyer va Ulrayx o‘rniga jamoaga olib kelinishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Noyer bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan. Biroq u faoliyatini yakunlashi mumkinligini inkor qilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar