Live
2
O'zbek

Ikrom Aliboyev: «Vazifamiz — maydonda borimizni berib, oxirigacha kurashish»

Futbol
11 oktabr, 23:23
    35
«Neftchi» yarimhimoyachisi «An Nasr» bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Ikrom Aliboyev: «Vazifamiz — maydonda borimizni berib, oxirigacha kurashish»
Foto: PFC Neftchi
12.10.2026, 14:15 Osiyo Chempionlar Ligasi Al Nassr Al Nassr - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan «An Nasr» — «Neftchi» bahsi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev ham o‘z fikrlarini bildirdi.

— Assalomu alaykum! Murabbiyimiz taʼkidlaganidek, Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushamiz. “An Nasr” nafaqat tarkib jihatidan, balki moliyaviy imkoniyatlari va xalqaro tajribasi bilan ham qitʼamizning yetakchi klublaridan biri hisoblanadi.

Biz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz va o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, o‘yinga tayyorgarlik olib bordik. Futbolda nomlar va imkoniyatlar muhim, lekin maydonda har bir jamoa o‘z o‘yini va kurashi bilan natijaga erishadi.

Bor kuchimizni ishga solib, muxlislarimizni quvontiradigan natijaga erishishga harakat qilamiz. Bizning vazifamiz — maydonda borimizni berish, oxirigacha kurashish. Natija esa, albatta, Allohdan.


Ma’lumot uchun, «An Nasr» — «Neftchi» bahsi 12 oktabr kuni Ar-Riyod shahridagi «Al Avval Park» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar