Bugun
34
O'zbek

Messi kelajak avlodlar o‘zini qanday eslashlarini istashi haqida gapirdi

Futbol
23 oktabr, 07:47
Argentinalik hujumchi qiziq bir savolga javob qaytardi.
Messi kelajak avlodlar o‘zini qanday eslashlarini istashi haqida gapirdi
Foto: Gettyimages

«Inter Mayami»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi kelajak avlodlar uchun qanday esda qolishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Messiga eng katta shuhratni Kataloniyaning «Barselona» jamoasidagi o‘yinlari olib kelgan, Ispaniya klubi tarkibida Leo UYEFA Chempionlar Ligasi va Ispaniya La Ligasida g‘olib chiqdi. Argentina milliy jamoasi bilan esa futbolchi jahon chempionati g‘olibiga aylangan.

«Meni qanday eslab qolishlarini istardim? Har doim o‘z maqsadlariga erishish va orzularini ro‘yobga chiqarish uchun kurashgan buyuk sportchi sifatida. Ba’zida men xohlagan narsamga erishdim, ba’zida esa erisha olmadim, lekin hech qachon oldimda turgan hamma narsani yutishga harakat qilishdan to‘xtamadim», - deya Messining so‘zlaridan iqtibos keltiradi All About Argentina o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali.

Bugungi yangiliklar