«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning yetti karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras 2027-yilgi mavsumda Londonda bo‘lib o‘tadigan ATP-500 turnirida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
«2027-yilda-Londondagi-turnirga qaytishni intiqlik bilan kutyapman. U yerda ikkita g‘alabadan keyin ajoyib xotiralarim bor. U har doim mening o‘tli kortlardagi musobaqalar borasidagi taqvimimda asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Men yana Queen’s Club’ga qaytishga, Londondagi lahzalardan zavqlanishga va muxlislarni qiziqarli tennis bilan xursand qilishga tayyorman. Ishonchim komilki, bizni yana bir ajoyib hafta kutmoqda», - deya Alkarasning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda turnir matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun, Alkaras 2023 va 2025-yillarda Londondagi musobaqada zafar quchgan. Ispaniyalik tennischi bu yilgi turnirni jarohat tufayli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.