Avvalroq, Azimbek Abdullayev shosse poygasida kumush medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Quvonarli jihati, para pauerlifting bo‘yicha ayollar jamoaviy dasturida bronza medali uchun kechgan bahsda hamyurtlarimiz Ro‘za Qo‘ziyeva, Ruxshona O‘ktamova va Qudratoy Toshpo‘latovadan iborat O‘zbekiston jamoasi 303.09 natija qayd etib, musobaqa medallariga sazovor bo‘ldi.