Bugun
34
O'zbek

Klyuyvert: «Orzularimizni ro‘yobga chiqaryapmiz»

Futbol
23 oktabr, 08:11
«Bornmut» klubi futbolchisi Yevropa Ligasi umumiy bosqich 3-turi doirasidagi o‘yin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Klyuyvert: «Orzularimizni ro‘yobga chiqaryapmiz»
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Bornmut» klubi hujumchisi Jastin Klyuyvert Yevropa Ligasi umumiy bosqich 3-turi doirasida Italiyaning «Milan» jamoasiga qarshi o‘yin (3:0) taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Klyuyvert o‘yindagi birinchi golga (penaltidan) mualliflik qildi.

«Bu g‘alaba biz uchun juda ahamiyatli. Bu bahsga biz 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan holda yetib keldik, bu esa bizga qo‘shimcha kuch, o‘zimizga ishonch bag‘ishladi. Kimga qarshi o‘ynashimizning ahamiyati yo‘q, biz o‘z kuchimizga ishonamiz. Biz nimalarga qodir ekanligimizni bilamiz va bugun buni amaldagi ko‘rsata oldik, deb o‘ylayman.

Jamoamizda menga ayniqsa yoqadigan bir jihat — bu mehnatkashlik. Maydonga kim tushishining ahamiyati yo‘q — qanchalik shiddat bilan o‘ynayotganimizga qarab, kim ekanligimiz va nima uchun kurashayotganimiz darhol ko‘rinadi. Biz har doim bor kuchimizni ishga solamiz.

Klubning ambitsiyalari juda yuqori — aynan shuning uchun bu yerga kelganman. Hozir orzularimizni ro‘yobga chiqaryapmiz. Ajoyib kecha! Jamoamizga ishonaman, qo‘limizdan ko‘p narsa kelishini bilaman va bugun ajoyib o‘yinda, buni isbotlay oldik. «Milan»da ajoyib futbolchilar va murabbiy bor, ammo biz nima qilish kerakligini bilar edik va oxirigacha ishondik», — deya Klyuyvert so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar