«Lion» rahbariyati yozgi transfer oynasida klub tarbiyalanuvchisi Karim Benzemaning jamoaga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi mavsumni o‘zining tarbiyalangan klubida o‘tkazish g‘oyasidan ilhomlangan va hatto maoshsiz o‘ynashga tayyor bo‘lgan.
Biroq Benzemaning Saudiya Arabistoni Professional ligasi bilan amaldagi kelishuvi transferga to‘sqinlik qilgan. U «Al Hilol» bilan shartnomasini bekor qilgan bo‘lsa-da, 2030 yilgacha Saudiya chempionati elchisi sifatida faoliyat yurishi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishi kerak.
Ma’lumot uchun, Benzema 2009 yilda «Lion»ni tark etib, «Real»ga o‘tgan. Madrid klubi safida u besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va 2022 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.