«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri klub tarixidagi rekordlardan birini yangiladi.
U «Osasuna»ga qarshi bahsda kataloniyaliklar safida 200-marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Shu tariqa, 23 yosh-u 159 kunligida ushbu natijaga erishgan Pedri klub tarixida eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
Avvalgi rekord Lionel Messiga tegishli edi — argentinalik futbolchi 200-startga 23 yosh-u 227 kunligida yetib kelgandi. Bundan tashqari, Pedri Xavi Ernandes natijasini ham ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, yarimhimoyachi Hans-Diter Flik jamoasining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi va uning o‘rnini tasavvur qilish qiyin.
Ma’lumot uchun, Pedri ushbu mavsumda La Ligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.