"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 34-tur doirasidagi "Osasuna"ga qarshi o'yin (2:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Futbolchilar bayram qilishyapti. Men ham klub uchun xursandman.
O'yin juda qiyin kechdi, ayniqsa birinchi bo'limda. Biz bu yerda g'alaba qozonishni istagan edik. Bellashuv oxirida yaxshi himoyalandik.
Birinchi bo'limda ham o'yinni nazorat qildik, ammo ikkinchi bo'limda buni yanada yaxshiroq bajardik. De Yongning maydonga tushishi Gavining sariq kartochkasi bilan bog'liq edi, Reshford esa o'yinga tezlik qo'shish uchun chiqarildi.
Bugun biz o'z ishimizni bajardik — bu eng muhimi. Ertaga nima bo'lishi endi bizga bog'liq emas. Turnirdagi g'alaba har doim nishonlanadi — ertaga bo'ladimi yoki kelasi hafta. Qachon bo'lishidan qat'i nazar, bayram qilamiz. Hozir esa kutish qoldi", — dedi Flik DAZN efirida.