Bugun
15
O'zbek

Levandovski: «Barselona» La Ligada 100 ochko to‘plashni istaydi»

Futbol
3 may, 11:17
Polshalik hujumchi kataloniyaliklarning chempionatdagi maqsadi haqida gapirdi.
Levandovski: «Barselona» La Ligada 100 ochko to‘plashni istaydi»
Foto: Getty Images
02.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Osasuna Osasuna 1 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» klubi hujumchisi Robert Levandovski ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida jamoa qanday maqsadga erishmoqchi ekanligi haqida gapirdi. 2-may, shanba kuni, «ko‘k-anorrangliklar» La Liganing 34-turi doirasida «Osasuna»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tajribali forvard 81-daqiqada hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

«Maqsad — 100 ochko olish uchun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish. Hatto La Ligada g‘olib bo‘lganimizdan keyin ham qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak», — dedi Levandovskining Marca nashriga.

Ma’lumot uchun, 34 ta o‘yindan so‘ng «Barselona» 88 ochko jamg‘argan. Ikkinchi o‘rindagi «Real» hisobida 74 ochko bor, lekin madridliklar tur o‘yinini bugun tunda o‘tkazishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Osasuna Osasuna
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar