«Barselona» bugunning oʻzida Ispaniya chempioniga aylanishi mumkin.
Ispaniya chempionatining 34-turida Hans-Diter Flik shogirdlari «Osasuna»ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Hozirda kataloniyaliklar «Real»dan 14 ochko oldinda, madridliklarda esa zahirada bitta oʻyin mavjud.
Bugun tunda «qaymoqranglilar» «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi. Agar Alvaro Arbeloa shogirdlari ushbu bahsda ochko yoʻqotsa, «Barselona» La Liga gʻolibi sifatida eʼlon qilinadi.
Avvalroq Flik «Osasuna»ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtgandi.