Ispaniya chempionati 32-turida "Barselona" mehmonda "Osasuna" bilan bellashdi. Unda kataloniyaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab Levandovski 81-daqiqada gol urdi. Keyinchalik Ferran farqni ikkita oshirdi. Oradan uch daqiqa o'tib, Raul Garsiya mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Flik jamoasi ochkolari sonini 88 taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Osasuna" esa 42 ochko bilan 10-pog'onada.
La Liga. 34-tur
Osasuna – Barselona 1:2
Gollar: Raul Garsiya 88 – Levandovski 81, Ferran 86
Osasuna – Errera, Torro, Monkayola, Ruben Garsiya, Moy Gomes (Oroz, 70), Budimir (Raul Garsiya, 70), Moro, Rosier, Galan, Boyomo, Katena.
Barselona – Joan Garsiya, Kubarsi, Jerrar Martin, Erik Garsiya (Arauho, 82), Kanselu, Pedri (Bernal, 88), Olmo, Gavi, Bardakchi, Fermin Lopes, Levandovski.