Live
1
O'zbek

Liga 1. "PSJ" derbida mag'lub bo'ldi, "Monako" 4:1 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmadi va boshqa natijalar

Futbol
17 may, 17:18
Fransiya chempionatining so'nggi — 34-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Liga 1. "PSJ" derbida mag'lub bo'ldi, "Monako" 4:1 hisobidagi ustunlikni saqlab qola olmadi va boshqa natijalar
Foto: Getty Images
17.05.2026 FT Liga 1 Fransiya Paris FC Paris FC 2 : 1 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

Chempionlikni muddatidan avval hal qilgan "PSJ" safarda "Parij"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Parij derbisida Luis Enrike jamoasi Bredli Barkola golidan keyin oldinga chiqib olganiga qaramay, Alimami Gorining dubli mezbonlarga g'alaba keltirdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Usmon Dembele jarohat sabab maydonni tark etdi. Bu holat Yevropa Chempionlar ligasi finali oldidan "PSJ" uchun jiddiy xavotir uyg'otmoqda.

"Lill" esa o'z maydonida "Oser"ga 0:2 hisobida yutqazgan bo'lsada, "Lion"ning mag'lubiyati sabab uchinchi o'rinni saqlab qoldi va to'g'ridan to'g'ri YECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Turning eng dramatik bahslaridan biri Strasburgda kechdi. "Monako" 55-daqiqaga kelib 4:1 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq yakunda 4:5 hisobida mag'lub bo'ldi va evrokuboklardan chetda qoldi.

Shunday qilib, yakunda "PSJ" 76 ochko bilan chempion sifatida mavsumni yakunladi. "Lans" ikkinchi, "Lill" esa uchinchi o'rinni egallab, to'g'ridan to'g'ri YECHL yo'llanmasiga ega chiqdi. "Lion" esa Chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Liga 1. 34-tur
Parij — PSJ 2:1
Gollar: Alimami Gori 76, 90+4 — Bredli Barkola 50.

Parij: Kevin Trapp, Adama Kamara, Samir Shergi, Diego Koppola, Otavio (Amari Traore, 84), Jonatan Ikone (Alimami Gori, 67), Rudi Matondo (Vensan Marketti, 76), Per Lis-Melu, Mozes Saymon (Maksim Lopes, 67), Marshal Manetsi (Ilan Kebbal, 67), Villem Jebbel (Luka Koleosho 68).
PSJ: Matvey Safonov, Uorren Zair-Emeri (Senni Mayulu, 58), Ilya Zabarny, Markinyos, Dimitri Lyusea (Dro Fernandes, 46), Vitinya (Joau Nevesh, 68), Lukas Beraldo, Fabian Ruys, Bredli Barkola (Ibrohim Mbaе, 58), Usmon Dembele (Gonsalu Ramush, 27), Xvicha Kvaratsxeliya (Li Kan In, 58).

Liga 1. 34-tur
Lion — Lans 0:4
Gollar: Uesli Said 20, 32, Florian Sotoka 45+1, Florian Toven 53.

Liga 1. 34-tur
Strasburg — Monako 5:4
Gollar: Martial Godo 34, 84, Diego Moreyra 58, Sebastyan Nanasi 61, 72 — Lamin Kamara 10, 42, Ansu Fati 45+2, Ismael Dukure 55 (a.g.).

Liga 1. 34-tur
Marsel — Renn 3:1
Gollar: Per-Emil Xoyberg 2, Amin Guiri 10, Per-Emerik Obameyang 55 — Timoti Vea 85.

Liga 1. 34-tur
Lill — Oser 0:2
Gollar: Lassin Sinayoko 32, 90.

Liga 1. 34-tur
Loryan — Gavr 0:2
Gollar: Abdulae Fay 33, Bamba Dieng 45.

Liga 1. 34-tur
Brest — Anje 1:1
Gollar: Romen Del Kastilyo 55 — Amin Sbay 60.

Liga 1. 34-tur
Nitsa — Mets 0:0

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris FC Paris FC
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar