Live
1
O'zbek

Dembelening jarohati boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻq — manba

Eksklyuziv
18 may, 01:25
Usmonning "Arsenal"ga qarshi final bahsida ishtirok etishiga hech narsa tahdid qilmayapti.
Dembelening jarohati boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻq — manba
Foto: Getty Images
17.05.2026 FT Liga 1 Fransiya Paris FC Paris FC 2 : 1 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele Liga 1ning soʻnggi turidagi "Parij"ga qarshi oʻyin (1:2)da jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi 27-daqiqada maydonni tark etdi va uning oʻrniga Gonsalu Ramush tushirildi. Bellashuv Luis Enrike shogirdlarining 1:2 hisobidagi magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Qayd etilishicha, jamoa ichida Dembelening jarohati jiddiy xavotir uygʻotgan. Chunki "Arsenal"ga qarshi Chempionlar Ligasi final oʻyiniga ikki haftadan kam vaqt qolgan.

Canal+ ma'lumotiga koʻra, Usmonning jarohati boʻyicha xavotirga oʻrin yoʻq. Murabbiy ehtiyot chorasi sifatida uni erta almashtirgan. "Oltin toʻp" sohibining "toʻpchilar"ga qarshi hal qiluvchi bahsda ishtirok etishiga hech narsa tahdid qilmayapti.

Ma'lumot oʻrnida, Chempionlar Ligasi gʻolibi 30 may kuni aniqlanadi. Final Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris FC Paris FC
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar