"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1ning so'nggi turidagi "Parij"dan qabul qilingan mag'lubiyat (1:2)ga izoh berdi.
"Bu o'yindan nima xulosa chiqarishimiz kerak? Hech nima. Birinchi bo'lim juda past temtda o'tdi. Jamoa o'yiniga baho berish qiyin. Bu, shubhasiz, mening uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o'yin.
Bu holatni oldindagi Chempionlar Ligasi finali bilan tushuntirish mumkinmi? Sabablar ko'p, bahonalar ham yetarli, ammo men bahonalarni yoqtirmayman.
Bilaman, bunday o'yinlarda maydonga tushish oson emas. Biroq sen "PSJ"da o'ynayotgan bo'lsang, boshqacha ekaningni ko'rsatishing kerak. Bugun biz yomon o'yin ko'rsatdik va men bundan qoniqish hosil qilmadim", — dedi Enrike.