«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele Fransiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Parij»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Fransiyalik futbolchi bahsning 27-daqiqasida maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Gonsalu Ramush tushirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi jarohat sabab almashtirilgan.
Ayni paytda uchrashuv davom etmoqda. Ikkinchi bo‘limda hisob 1:1 ko‘rinishiga kelgan. «PSJ» safida Bredli Barkola gol urgan bo‘lsa, «Parij» tarkibida Alimami Gori javob to‘pini kiritdi.
Qayd etilishicha, «PSJ» navbatdagi uchrashuvini Yevropa Chempionlar ligasi finalida o‘tkazadi. Parijliklar 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushadi.