Live
1
O'zbek

«Barselona»ning ikki yetakchisi «Selta» bilan bahsda jarohat oldi

Futbol
22 aprel, 17:22
Yamal uzoq muddatga safdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Barselona»ning ikki yetakchisi «Selta» bilan bahsda jarohat oldi
Foto: Getty Images
22.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 0 Selta Vigo Selta Vigo

Lamin birinchi bo‘limning oxirgi daqiqalarida jarohat oldi.

«Ko‘k-anorranglilar» vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida «Selta»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘lim oxirida jarohat tufayli, almashtirildi. 40-daqiqada 18 yoshli futbolchi penalti ishladi va o‘zi uni muvaffaqiyatli amalga oshirdi — 1:0.

Biroq gol xursandchiligi jarohatga ulanib ketdi: zarba bergani Yamal maydonga quladi va darhol ishora berdi. Futbolchi zarba berayotganda yoki undan so‘ng son mushaklarini shikastlab olgan ko‘rinadi. Natijada, Laminning o‘rniga maydonga Runi Bardakchi tushirildi. Himoyachi Kanselu ham bo‘limning 23-daqiqasida jarohat tufayli zaxiraga olingan edi.

Ma’lumot uchun, «Barselona» - «Selta» uchrashuvi ikkinchi bo‘limi start oldi. Hisob hamon 1:0.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar