Frenki de Yong "Barcelona"da rekord o'rnatdi.
28 yoshli havbek “Selta”ga (1:0) qarshi La Liga 33-turidan oʻrin olgan bahsda maydonga tushdi.
Bu Frenki uchun "ko'k-anorranglilar" safidagi 293-o'yin bo'ldi. Natijada yarimhimoyachi kataloniyaliklar safida eng ko'p maydonga tushgan niderlandiyalikka aylandi.
De Yong bu borada Filipp Kokuning (292) rekordini yangiladi. 55 yoshli sobiq futbolchi hamyurtini ushbu natija bilan tabriklab, unga esdalik libos topshirdi.