Bugun
15
O'zbek

Flik: "Yamalning aynan shu paytda jarohat olgani achinarli"

Futbol
23 aprel, 01:05
"Barsa" bosh murabbiyi jarohat olgan Lamin haqida fikr bildirdi.
Flik: "Yamalning aynan shu paytda jarohat olgani achinarli"
Foto: Getty Images
22.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 0 Selta Vigo Selta Vigo

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 33-tur doirasidagi "Selta"ga qarshi o'yin (1:0)da jarohat olgan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.

"Ertagacha kutish kerak. Qandaydir muammo bor, chunki u noqulaylikni his qildi. Kanselu bilan bog'liq vaziyat jiddiy emasdek tuyulmoqda, ammo baribir yakuniy qarorni kutish lozim.

Yamaldan jarohat bordek, ammo u qancha vaqt maydonga tusha olmasligini aniqlashimiz kerak. Hozircha boshqa hech narsa deya olmayman, kutishga to'g'ri keladi.

Murabbiy sifatida bunday vaziyatlarni qabul qilishga majburman. Laminning aynan shu paytda jarohat olgani achinarli, ammo men Rafinya, Bernal, Kristensen haqida ham o'ylayapman…

Endi e'tiborni "Xetafe"ga qarshi o'yinga qaratishimiz kerak. Xafa emasman deb ayta olmayman, miyamda ko'p fikrlar bor. Muhimi, biz kurashishda davom etamiz", — dedi Flik.

Ma'lumot o'rnida, bu mavsum Yamal barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda qatnashib, 24 ta gol va 18 ta assistni o'z hisobiga yozdirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar