Bugun
15
O'zbek

Jarohat olgan Yamal muxlislarga murojaat qildi

Futbol
24 aprel, 07:23
«Barselona» vingeri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.
Jarohat olgan Yamal muxlislarga murojaat qildi
Foto: Getty Images
22.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 1 : 0 Selta Vigo Selta Vigo

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jarohat sababli mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.

«Ushbu jarohat meni maydondan tashqarida qoldiradi, aynan men maydonda bo‘lishni istagan bir paytda. Holatimni tushuntirib berish imkonsiz, chunki men jamoadoshlarim bilan kurasha olmayman, ular menga muhtoj bo‘lgan bir paytda jamoamga yordam bera olmayman. Ammo men ularga ishonaman va har bir o‘yinda bor kuchini sarflashlarini bilaman.

Garchi maydonda bo‘lmasam ham jamoa bilan birgaman. Ularga yordam beraman va ular bilan quvonaman. Bu yakun emas, faqatgina tanaffus. Men kuchliroq bo‘lib qaytaman, har qachongidan ham katta ishtiyoq bilan va keyingi mavsum yanada yaxshi bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlab turganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Yamal.

Vinger Ispaniya chempionatining 33-turida «Selta»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida (1:0) penaltidan gol urayotgan pallasida jarohat oldi.

Avvalroq, jamoa ustozi Flik ham Yamalning jarohatiga munosabat bildirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar